Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyning sobiq hokimi Qobul Tursunov hozir qayerda?

Navoiyning sobiq hokimi Qobul Tursunov hozir qayerda?

Navoiy viloyatining sobiq hokimi Qobul Tursunov hozirda faoliyatini Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining doimiy asosda ishlovchi senatori sifatida davom ettirmoqda. 

Bu haqda Senat saytida ma’lum qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, Qobul Tursunov o‘tgan yili noyabr oyida sog‘lig‘idagi muammolar sababli iste’foga chiqqandi.

Uning o‘rnini o‘sha vaqtga qadar Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Normat Tursunov egallagandi. 

Qobul Tursunov 2016 yilga qadar, ya’ni hokim etib tayinlanishidan oldin Senatning ushbu qo‘mitasi raisi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring