Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qobul Tursunov nima sabab vazifasidan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi

Qobul Tursunov nima sabab vazifasidan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov vazifasidan ozod etilgani haqida avvalroq xabar berilgandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati sobiq hokim nega ishdan olinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun 8 noyabr kuni Navoiy viloyati hokimi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident farmonlari bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirgan. Viloyat hokimi Qobul Tursunov sog‘lig‘i davolanish talab etgani sababli o‘z arizasiga muvofiq vazifasidan ozod etilgani e’lon qilingan.

Uning o‘rniga shu vaqtga qadar Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring