Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: «Namangan24.uz»

Jamoliddin Karimovich Aloydinov Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U viloyat hokimining 2019-yil 10-maydagi 352-sonli qaroriga asosan mazkur vazifada ish boshladi. Bu haqda «Namangan24.uz» sayti xabar bermoqda.

Jamoliddin Aloydinov ushbu lavozimda hozirgacha ishlab kelayotgan Sanjar Inbarovich Qulmurodovning o‘rnini egalladi.

Ma’lumot o‘rnida, Jamoliddin Karimovich Aloydinov 1983-yil 15-mart kuni Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2003-yili O‘zbekiston Milliy universitetini taomlagan. Mutaxassisligi tarix fani o‘qituvchisi. Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Jamoliddin Aloydinov mehnat faoliyatini 2003-yilda Buxoro shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilikdan boshlagan. U 2006-yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan viloyatidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchi sifatida mas’ul vazifalarda faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring