Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namangan va Farg‘onada YPX xodimiga pora berayotganlar ushlandi

Namangan va Farg‘onada YPX xodimiga pora berayotganlar ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Farg‘ona viloyati IIB YPX inspektori E.Begmatov «Vaz 2106»   avtomobilni hujjatlarini tekshirish maqsadida o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan vaqtida, haydovchi T.R. avtomashinani hujjatlarsiz boshqarib kelganligini aniqlab, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani jarima maydoniga joylashtirgan.

Haydovchi T.R. YPX inspektori E.Begmatovga dastlab 200 ming so‘m, keyinchalik esa 500 ming so‘m  pora taklif  qilgan, deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

Fuqaro T.R. YPX inspektori E.Begmatovga 500 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Namanganda ham shunga o‘xshash holat takrorlangan.  YPX inspektori D.Cho‘lponov «Spark» avtomashinasi hujjatlarini tekshirish maqsadida to‘xtatgan vaqtida, haydovchi A.M.ning yonida avtomashinani boshqarishga oid hujjatlari bo‘lmagan. A.M.ga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirib, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

A.M. YPX inspektori D.Cho‘lponovga 600 ming so‘m pora taklif qilgan.

A.M. YPX inspektori D.Cho‘lponovga 460 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Har ikkala holat yuzasidan viloyat prokuraturalari surishtiruv harakatlari olib bormoqda. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring