Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Musulmonlar idorasi vakili: «Qora Malibu» sotildi

Musulmonlar idorasi vakili: «Qora Malibu» sotildi

«Vaqf» xayriya fondi rahbarining birinchi o‘rinbosari Zohid To‘rayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fond tomonidan olib borilayotgan xayriya ishlari haqida muntazam xabar berib boradi.

Kuni kecha e’lon qilingan navbatdagi postga yozilgan sharhlarda o‘z vaqtida aholining noroziligiga sabab bo‘lgan «Qora Malibu» masalasi ko‘tarilgan. Bunga javoban fond rasmiysi «Malibu» to‘g‘risida idora rahbariyati (O‘zbekiston Musulmonlari idorasi – tahr.) tomonidan qaror qabul qilingani (tahr.: avtomobilning sotuvi nazarda tutilgan), tushgan pul yaxshi maqsadlarda sarflanishini ma’lum qilgan

Sharhlarda, shuningdek, Musulmonlar idorasi xodimlar bo‘limi boshlig‘i Erdon Esanov ham ishtirok etib, «Malibu» sotilganini tasdiqladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati rahbari Komiljon Burhonov bilan bog‘langanimizda "Bu masaladan xabari yo‘q"ligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz Azon.uz saytida «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi uchun «Malibu-2» rusumli xizmat mashinasi olganligi haqida Fond raisining 1-o‘rinbosari Zohidjon To‘rayevga tayangan holda xabar e’lon qilingandi.

Manba: azon.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring