Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murad Buildings quradigan osmono‘par bino balandligi o‘zgardi. U yanada baland bo‘ladi

Murad Buildings quradigan osmono‘par bino balandligi o‘zgardi. U yanada baland bo‘ladi

Murad Buildings qurilish kompaniyasi tomonidan Tashkent Sity hududida quriladigan bino balandligi o‘zgardi. Bu haqda kompaniya asoschisi Murod Nazarov xabar berib o‘tdi.

— Murad Buildings hamda Turkiyaning ÖzGüven kompaniyalari tomonidan shuni ma’lum qilmoqchimizki, hamkorlikda qurilayotgan osmono‘par binoning balandligi o‘zgardi.

Germaniya va Turkiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida binoni yanada balandroq qurishga ruxsat olindi. Dunyodagi deyarli barcha kompaniyalar aynan Germaniyadagi trenajerda qurilajak binoni sinovdan o‘tkazadi. Bunda bino joylashgan yer tarkibi, grunt, seysmik holati, shamol yo‘nalishi, kuchi va boshqa holatlar inobatga olinadi.

Dastlabki loyihaga ko‘ra bino balandligi 215 metr bo‘lishi lozim edi. Ammo o‘tkazilgan tajribalardan so‘ng «Nest One» nomini olgan binoni 266.5 metr balandlikda qurishga ruxsat olindi, — deydi kompaniya asoschisi Murod Nazarov.

Xabar qilinishicha, «Nest One» 51 qavatdan iborat bo‘ladi va bino qurilishini yakunlash, turar joy, amaliy hamda jamoat hududlarini obodonlashtirish ishlari 2021-yilning dekabr oyida nihoyasiga yetishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring