Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasi: ishtirokchilar uchun joylar soni kun sayin kamayib bormoqda (video)

Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasi: ishtirokchilar uchun joylar soni kun sayin kamayib bormoqda (video)

Toshkent shahrida uch hafta davomida bo‘lib o‘tadigan yirik tadbirda 1 000 000 dan ortiq tomoshabin ishtirok etishi kutilmoqda.

10 dekabrdan 31 dekabrga qadar Toshkent shahrida yirik tadbir – Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Yarmarka doirasida Yangi yil bayramini nishonlash uchun kerakli mahsulotlar va arzonlashtirilgan narxlardagi oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi va savdosi, poytaxtning yetakchi restoran va kafelarining taqdimotlari, konsert va ko‘ngilochar dasturlar, shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun ko‘plab interaktiv tadbirlar o‘tkaziladi.

Shahar markaziy sayilgohining qariyb yigirma gektar maydonida uch hafta davomida 10 000 dan ortiq brendlar namoyish etiladi. Bayram tadbirlarida 1 000 000 dan ortiq tomoshabinlar ishtirok etadi. O‘tkazilayotgan yarmarkada sovg‘alar va yangi yil dasturxoni uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni raqobatbardosh narxlarda xarid qilishingiz, bolalarni qiziqarli joylar bilan tanishtirishingiz va, albatta, bayram muhitidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Yarmarka va konsert dasturida ishtirok etish mutlaqo bepul.

Alisher Navoiy nomidagi saroyda turli sohalarda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar uchun taqdimot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yarmarkaning imkoniyatlari, stend va savdo maydonchalari namunalari namoyish etildi. Ko‘rgazma ishtirokchilari ixtiyoriga o‘yinchoqlar va chiroqlar bilan bayramona bezatilgan, shuningdek, barcha kommunikatsiyalar bilan jihozlangan 334 ta savdo shoxobchalari taqdim etiladi.

Yarmarka rossiyalik mutaxassislar va xalqaro tajribaga ega maslahatchilar ishtirokida tashkil etilmoqda. Keng ko‘lamli tadbir ishtirokchilariga Brend kunini o‘tkazish, brend fotozonasini tashkil qilish va iste’molchilar orasida mashhurlikni kuchaytirish, lotereyalar o‘tkazish va boshqa ko‘plab imkoniyatlar taqdim etiladi. Tajribali tadbirkorlarning ko‘pchiligi daromadli taklifni qo‘ldan chiqarmaslik uchun taqdimot tugab ulgurmasidanoq ishtirok etish istagini bildirishdi.

Anastasiya Kolesnikova, biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis, Moskva: «Men so‘nggi 10 yil davomida Rossiya va ko‘plab xorijiy mamlakatlarda oziq-ovqat marketlari va festivallar o‘tkazib kelmoqdaman. Nazarimda, Tashkent City nafaqat Osiyo, balki Yevropadagi eng go‘zal sayilgohlardan biridir. Yarmarka uchun munosib maydonning mavjudligi esa juda ham quvonarli. Hamma sayilgohlarda ham bunday imkoniyatlar mavjud emas. Odamlar o‘zlarini qulay his qilishlari uchun katta maydon kerak. Tashkent City sayilgohida esa tashrif buyuruvchilar o‘zlarini qulay his qilishlari va vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Yarmarka barcha uchun foydali, negaki, eng ajoyib mahsulotlar, ishlab chiqaruvchilar, super narxlar, musiqa va ko‘plab tadbirlar, barchasi bir joyda mujassamlashgan. Bu yerda siz o‘zingizni katta bir oila a’zosidek his qilasiz».

Yarmarkaning boshlanishiga atigi ikki hafta qoldi. Demak, shubhalarni chetga surib, harakat qilishni boshlash vaqti keldi. Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasida ishtirok etish uchun ariza topshirish va batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling: (+998) 95−144−41−41(+998) 33−343−88−88.

reklama

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring