Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Men yuridik universitet talabasiman» degan kayfiyatni o‘zgartirish yaxshi samara berishi mumkin

 «Men yuridik universitet talabasiman» degan kayfiyatni o‘zgartirish yaxshi samara berishi mumkin

Toshkent davlat yuridik universitetida «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi — oliy ta’limni modernizatsiyalashning muhim omili» mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, konsepsiya ijrosi bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan bo‘lib, unda quyidagi masalalar qamrab olingan:

- universitetni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symond World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassalari ro‘yxatiga kiritish;

- universitetda joriy etilgan kredit-modul tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish;

- ta’lim mazmunini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

- universitetning to‘liq akademik mustaqilligini ta’minlash;

- ta’lim fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini  nazarda tutuvchi  «Universitet 3.0» konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;

- professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, bakalavriat va magistratura talablarining yuqori imakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarining xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash;

- yuridik ta’limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-fan texnologiyalarni yanada kengroq jalb etish;

- talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

- sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, xususiy sektor va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada kengaytirish.

Konsepsiya ijrosi bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da yetarlicha xizmat qiladi. Shuningdek, tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari talabalarning ilm olish va kasbiy ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan qizish va ishtiyoqini oshirish masalalari ham ta’kidlandi.  Bu borada yana bir taklif: talaba yoshlarda  «Men yuridik universitet talabasiman» degan kayfiyatni o‘zgartirish yaxshi samara berishi  mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring