Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mehnat daftarchasi yo‘qolsa pulini kim to‘laydi?

Mehnat daftarchasi yo‘qolsa pulini kim to‘laydi?

Yangi mehnat daftarchalari (dublikati)ni berishda ish beruvchi xodimdan eng kam ish haqining 10 foizigacha miqdorida haq olish huquqiga ega. Bu haqda adliya vazirligi kanalida ma’lumot berib o‘tildi.

Mehnat daftarchalari noto‘g‘ri to‘ldirilganda yoki ularni saqlashda ehtiyotsizlik tufayli yaroqsiz holga tushib qolganda mehnat daftarchalarining narxini ish beruvchi qoplaydi.

Tabiiy ofatlar yoki boshqa sabablarga ko‘ra korxona tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yo‘qotilgan taqdirda, xodimga mehnat daftarchasining dublikati bepul beriladi.

Ishdan bo‘shagan xodimlar mehnat daftarchalarini o‘z vaqtida olmagan taqdirda, ular ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalaridan alohida qilinib, korxona xodimlar bo‘limida ikki yil davomida saqlanadi. Ushbu muddat davomida ham yo‘qlab kelinmagan va olinmagan mehnat daftarchalari ish beruvchi arxivida 50 yil saqlanadi va ushbu muddatdan so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda elektron mehnat daftarchasi tizimiga o‘tilishi haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring