Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi yangi ishga kiruvchilarga mehnat daftarchasi ochilmaydi

Endi yangi ishga kiruvchilarga mehnat daftarchasi ochilmaydi

Kelgusi yildan yangi ishga kirganlarga mehnat daftarchalari ochilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

«Mehnat daftarchalaridan voz kechish vaqti keldi, - dedi moliya vazirining o‘rinbosari Dilshod Sultonov, - «2019 yilning 1 yanvaridan boshlab asosan, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtlarini bitirib, endi ishga kirmoqchi bo‘lganlarga mehnat daftarchasi ochilmaydi. Uning o‘rniga «elektron mehnat daftari» amalda bo‘ladi, albatta, bu tizim kelgusida mehnat stajini hisoblashda juda qulay va shaffoflikni ta’minlaydi». 

Mehnat staji hisobini elektron shaklda yuritish ko‘plab muammolarning oldini oladi. Chunonchi, «elektron mehnat daftari» tizimi xodimning pensiyaga chiqishida har xil qing‘ir yo‘llar bilan ish stajiga qo‘shib yozish singari illatga barham beradi. Shuningdek, hozirda soliq idorasi tomonidan elektron bazaning asosi ishlab chiqilmoqda. Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotni «Telegram»dagi @oylikuzbot boti orqali bilib olish mumkin. Mazkur bot qancha ish haqi to‘langani va qanchasi soliqqa ushlab qolinganini ko‘rsatadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi farmonida xodimlarning ish joyi va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘lov qilgan davri bo‘yicha ro‘yxatga olishning «elektron mehnat daftari» tizimini joriy etish, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab birinchi marta ishga joylashtirilgan xodimlarga qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchalari berilishini to‘xtatish vazifasi belgilangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring