Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi

Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi

Andijon viloyatining Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘’basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Boburbek Yuldashev kechadan tumanning yangi rahbari sifatida ish boshladi.

Avvalgi hokim Shuhrat Qamchiyev  faoliyatida yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun Prezident tomonidan Andijonga tashrifi davomida lavozimidan ozod etilgan edi.

O‘ttiz to‘rt yashar Boburbek Yuldashev Andijon shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini Andijon shahar statistika bo‘limida boshlab, so‘ng viloyat statistika boshqarmasida turli vazifalarda, shuningdek, Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi 1-toifali mutaxassis,  axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimlarida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring