Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murat Kamalov Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi

Murat Kamalov Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi

Marat Kamalov.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini saylash bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Senat a’zolarining saylovi natijalarga ko‘ra 45-«Shumanay» saylov okrugidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi U.Jalmenov va 63-«Qorako‘l» saylov okrugidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari etib saylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring