Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Majburiy mehnat uchun jazo kuchaytiriladi

Majburiy mehnat uchun jazo kuchaytiriladi

So‘nggi paytlarda majburiy mehnat masalasi yana kun tartibiga qaytgan. Bunga yo‘l qo‘ygan amaldorlar esa 600 ming so‘mlik jarima bilan qutulib qolayotgan edi.

Endi mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi. Senatorlar bu haqdagi qonun loyihasini ma’qullashgan.

Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi norma kiritilgan:

  • mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik;
  • voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzganlik;
  • ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaganlik;
  • vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlaganlik;
  • aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik;
  • bo‘sh ish o‘rinlarini yashirganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring