Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov jurnalistlar bilan uchrashdi. Tizimda o‘zgarishlar bo‘ladi

Komil Allamjonov jurnalistlar bilan uchrashdi. Tizimda o‘zgarishlar bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida jurnalistlar va blogerlar ishtirokida O‘zbekistonda axborot olish va tarqatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. «Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda sohadagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berilmoqda.

Matbuot va axborot agentligida bo‘lib o‘tayotgan jurnalistlar va blogerlar ishtirokidagi uchrashuvda agentlik qoshidagi monitoring markazi faoliyati, markazning taqdimnomalari, OAVda chiqayotgan xabarlarni prizmadan o‘tkazadigan noma’lum ekspertlar kengashi tarkibi, markaz ishini shaffoflashtirish bo‘yicha savollar berilgan.

Matbuot va axborot agentligi rahbari Komil Allamjonovning bildirishicha, u hali markaz faoliyatini o‘rganib chiqishga ulgurmagan. Agentlik rahbari, monitoring markazi faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi, inson omili kamaytirilib, faoliyat maxsus texnologiyalar orqali imkon qadar avtomatlashtirilishini aytib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring