Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzax viloyati uchun aydentika (logotip+o‘ziga xos uslub) yaratildi (foto)

Jizzax viloyati uchun aydentika (logotip+o‘ziga xos uslub) yaratildi (foto)

Foto: LBMA matbuot xizmati

2019-yil 1-martdan Jizzaxda viloyat faoliyatining barcha jabhalarini yaxshilash bo‘yicha yirik investitsiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan «Ilg‘or hudud» innovatsion rivojlanish dasturini amalga oshirish ishlari boshlanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Jizzax viloyatidagi «Ilg‘or hudud» sinov loyihasini tizimli va samarali tayyorlash hamda amalga oshirish uchun mas’ul organ hisoblanadi.  

LBMA matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga xabar berishicha, Agentlik hamda «Artógraph» dizayn studiyasi tomonidan hududning Aydentika konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konseptning hali bir necha oy davomida rivojlantirib boriladi. 

Loyiha brendi ustida ish boshlashdan avval Jizzax viloyatining go‘zal joylari, tog‘ cho‘qqilari va cho‘l hududlarining jaziramasi o‘rtasidagi farq, somsaning ajoyib ta’mi va  viloyat aholisining xushfe’lligi bilan  batafsil tanishib chiqildi.

Foto: LBMA matbuot xizmati

Brend konsepsiyasining nimadan iborat ekanligi haqida «Artógraph» studiyasi direktori Iskander Xayitbayev quyidagilarni ma’lum qildi: «Artógraph» studiyasining eng asosiy maqsadlaridan biri hududning chuqur semantik ma’noni o‘zida aks ettiradigan va shu bilan birga uning moslashuvchanlini saqlab qoladigan belgisini yaratish edi. Jizzax viloyatining yangi logotipi o‘zida uch asosiy elementni: joyning universal qabul qilingan belgisiga aylangan, Jizzax hudud va shahar nomi boshlanuvchi J harfi bilan ifodalanuvchi va ichida doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi (Jizzax viloyatining ichiga nazar solish imkonini beruvchi) eshik joylashgan pin elementi».

Foto: LBMA matbuot xizmati

Belgining asosiy foydalaniluvchi maydoni J harfi bo‘lib, u muayyan shakl yoki qandaydir imijni o‘z ichiga olgan rangli shaffof bo‘lishi mumkin. Qolgan maydon turli hajmdagi ikkilamchi matnlarni joylashtirish uchun ishlatilishi mumkin.

Ushbu tasvirda J harfining shaffofligidan go‘yoki moziyda cho‘l bo‘lgan yerda osmono‘par binolarni aks ettiruvchi kelajakka oyna kabi foydalanilgan. Bu jadal o‘zgarayotgan mintaqadagi betakror imkoniyatlarga investorlarni jalb etish bo‘yicha kampaniyani amalga oshirishda ajoyib imij bo‘lishi mumkin.

Foto: LBMA matbuot xizmati

Bu esa, mazkur shaffof belgining qay yo‘sinda sayyohlarni mashhur jahon sayyohlik markazlari va hattoki boshqa sayyoralarga monand Jizzax viloyatining aql bovar qilmaydigan go‘zal manzaralari bilan tanishishga chorlovchi reklama kampaniyasida ishlatilganiga misol.

Foto: LBMA matbuot xizmati

Jizzax viloyati belgisi va aydentikasi ishbilarmonlik va maishiy hayotning barcha jabhalariga yoyiluvchi mintaqaning ajralmas qismiga aylanishi lozim. Keyingi o‘rinlarda tadbirlar e’lonlari, tarqatma materiallar, avtobus bekatlari va esdalik mahsulotlarida logotipni moslashtirishga namunalar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring