Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 234 nafar yosh olim 28 ta davlatga ilmiy stajirovkaga yuborildi

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 234 nafar yosh olim 28 ta davlatga ilmiy stajirovkaga yuborildi

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 234 nafar yosh olim 28 ta davlatga ilmiy stajirovkaga yuborildi.

Yurtimizda faoliyat olib borayotgan yosh o‘zbek olimlarining chinakamiga tayanchi va qanotlaridan biri bo‘lgan innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2023 yilda xorijda malaka oshirish va laboratoriya asbob-uskunalarini tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Jumladan, 2023 yilda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori tomonidan jami 256 nafar yosh olimni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborish bo‘yicha 18 ta buyruq rasmiylashtirildi. Buning natijasida esa 69 ta oliy ta’lim va boshqa ilmiy muassasalarda faoliyat yurituvchi 234 nafar yosh olim 28 ta xorijiy davlatlardagi (Italiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Belorussiya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqalar) 89 ta nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlariga yuborildi va ularning qisqa muddatli malaka oshirish xarajatlari qoplandi.

Bundan tashqari 17 ta ilmiy-tadqiqot institutlari ta’mirlandi va 149 turdagi ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari xaridi tashkil etildi. Bular uchun 64,32 mlrd so‘m miqdoridagi budjet mablag‘lar sarflandi. Shuningdek, 19 turdagi reagent va ilmiy-tadqiqot institutlarini 117 turdagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash uchun shaxsiy g‘azna hisobvaraqlar orqali 21,7 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar uchun esa 0,7 mlrd so‘m sarflandi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda bunday islohotlarning o‘rni beqiyosdir. Shundan kelib chiqib, aynan, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh o‘zbek olimlariga moliyaviy va manaviy ko‘mak ko‘rsatilayotganini alohida e’tirof etish lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring