Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning ikkinchi «Airbus A320neo» avialayneri O‘zbekistonga yetib keldi (foto)

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning ikkinchi «Airbus A320neo» avialayneri O‘zbekistonga yetib keldi (foto)

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» axborot xizmati

Bugun, 9 aprel kuni Islom Karimov nomidagi poytaxt aeroportiga «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning navbatdagi yangi va iqtisodiy jihatdan samaradorligi yuqori bo‘lgan Airbus A320neo havo layneri qo‘ndi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Milliy aviakompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» axborot xizmati

Mazkur layner birinchi A320neo cingari o‘zining yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi CFM International kompaniyasining LEAP-1A dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi qanot konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalari, shu bilan birga simsiz internet tarmog‘iga ulanish uskunalari bilan jihozlanganligi bilan avvalgi havo laynerlardan farqlanadi.

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» axborot xizmati

Shuningdek, u ikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 nafar yo‘lovchini (biznes klassda - 12 nafar, ekonom klassda - 138 nafar) tashishga mo‘ljallangan.

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» axborot xizmati

«Samolyot salonining zamonaviy dizayni parvoz davomida yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yaratadi. Qulay va keng o‘rindiqlar, har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar, samolyot sahnida havoni sofligini saqlash va to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlovchi mukammallashtirilgan konditsioner tizimi «O‘zbekiston havo yo‘llari» yo‘lovchilariga parvozdan yoqimli va o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi»,-deyiladi kompaniya xabarida.

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» axborot xizmati

Aviakompaniya to‘rtta Internet-ulanish paketini taqdim etadi: LITE (20 Mb) - tezkor messendjerrlarni ishlatish uchun, MEDIUM (50 Mb) - ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish yoki yangiliklar saytlariga kirish uchun, STREAM (120 Mb) - online ish yoki internetga chiqish uchun qulay internet uchun, BUSINESS (220 Mb) - mazkur xizmatning imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish uchun. Internet tarif rejasining eng kam narxi - 5.95$, eng yuqori narxi – 52,95$.

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» axborot xizmati

Parvozdagi aloqa provayderi MAKning yangi Airbus A320neo va hozirda foydalanilayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlari bortida Inflight Entertainmentand Connectivity (IFEC)ning ko‘ngilochar dasturlari va aloqa tizimini o‘rnatgan Panasonic Avionics Corporation kompaniyasi hisoblanadi. Ushbu tizim yo‘lovchilarga ko‘plab filmlar, musiqa, video o‘yinlar, navigatsiya tizimi va boshqalarni o‘z ichiga olgan indevidual HD sensorli ekranlardan foydalanib, vaqtni maroqli o‘tkazish imkonini beradi. Shuningdek, ularda bir qator telekanallarni jonli efirda tomosha qilish imkoniyati mavjud.

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 mart kuni Toshkentga birinchi Airbus A320neo samolyoti olib kelingan edi. Yaqin kunlarda to‘rtinchi Boeing 787-8 Dreamliner havo kemasini qabul qilish kutilmoqda. U ham Internet tarmog‘iga ulanish uskunalari bilan jihozlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring