Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijtimoiy so‘rov. Jamiyatdagi illat: korrupsiya, befarqlik, internetga qaramlik... (video)

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali va Yoshlar media-markazi hamkorlikda yoshlar o‘rtasida «Jamiyatdagi illatlar deganda nimalarni sanab o‘tgan bo‘lardiniz?» mavzusida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi.

Natijalarga qaraganda, yoshlarning ko‘pchiligi jamiyatda korrupsiya, internetga qaramlik, yoshlarning kiyinish va so‘zlashish madaniyati, yon-atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan befarqlik, loqaydlik kabi illatlarni sanab o‘tishgan.

Ushbu ijtimoiy so‘rov bilan yuqoridagi videolavhada batafsil tanishib olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kecha yoshlar o‘rtasida «Sizningcha, eng yaxshi uyali aloqa operatori qaysi?» mavzusida ijtimoiy so‘rov o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring