Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV, Milliy gvardiya, FVVga qo‘shimcha ish yuklandi

IIV, Milliy gvardiya, FVVga qo‘shimcha ish yuklandi

Foto: «Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining «Yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tunu kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari joylashgan hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, yirik shaharlar, viloyatlar va tumanlar markazlarida 24 soat faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarining faoliyatiga nisbatan jamoat xavfsizligi bo‘yicha soddalashtirilgan talablar o‘rnatiladi. Bunda IIV, Milliy gvardiya, FVV tomonidan:

  • yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va ko‘ngilochar markazlarida qo‘shimcha patrullik yo‘nalishlari va postlar tashkil etiladi;
  • xizmatga jalb etilgan naryadlarning zichligini oshirishni nazarda tutgan holda mavjud kuch-vositalar taqsimotiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi;
  • tadbirkorlik sub’yektlari mol-mulkini qo‘riqlash, har xil favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring