Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB xodimlari poytaxtlik yosh bolani tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi (video)

IIBB xodimlari poytaxtlik yosh bolani tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi (video)

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularga shoshilinch holatlarda yordam ko‘rsatish uchun tashkil etilgan «issiq tarmoq» telefon raqamlari orqali kichkintoy Baxtiyorning qarindoshlari murojaat qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashlarini iltimos qilishdi.

«Politsiya mashinalarini judayam yaxshi ko‘radi, – dedi bolaning onasi, – agar uning uch yoshga to‘lgani bilan Toshkent shahar IIBB xodimlari tabriklashsa, judayam xursand bo‘lardi».

Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari ushbu iltimosni rad eta olishmadi. Taqdir taqozosi bilan Yunusobod tumanining aynan o‘sha kvartalida yordamga muhtoj fuqarolar ham turpolitsiya xodimlarini kutishayotgandi.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Poytaxt IIBB sizlardan karantin qoidalariga rioya qilishni, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrashingizni iltimos qiladi. Bosh boshqarma xodimlari esa shoshilinch yordam kerak bo‘lganda har doim yetib kelishga tayyordir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring