Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guliston hodisasidan so‘ng Andijondagi holat tekshirildi

Guliston hodisasidan so‘ng Andijondagi holat tekshirildi

Foto: Hokimlik axborot xizmati

Kislorod stansiyalaridagi loqaydlik tufayli vujudga kelishi lozim bo‘lgan noxush holatlarni oldini olish maqsadida Andijon viloyati hokimi boshchiligida alohida ishchi guruh tuzilib, 9 ta shifoxonalar qayta ko‘zdan kechirildi, deyiladi hokimlik axborot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, bu joylarga asosan, vaqtinchalik 16 ta kislorod stansiyalari o‘rnatilgan. Kislorod ballonlardan stansiyaning quvvati yetmayotgan 4 ta muassasalarda foydalanilmoqda.

Bundan tashqari, COVIDga moslashtirilmagan shahar, tuman tibbiyot birlashmalari shifoxonalari hamda viloyat tibbiyot muassasalarida 211 ta kislorod ballonlardan foydalanilmoqda.

Foto: Hokimlik axborot xizmati

Shu bilan birga, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida kislorod balonlar ventillari himoyalovchi kalpaklar, xavfsizlik rezina belbog‘lari jihozlandi. Balonlar zanjirli tasma bilan mahkamlandi.

Eslatib o‘tamiz, kislorod ballonlaridan foydalanilganda, asbob-uskunalar, xodimlarning qo‘llari va kiyimlari yog‘ va moydan tozalangan bo‘lishi lozim! Kislorod ballonlari bilan ishlashda spirt, leykoplastir, dezinfeksiyalash vositasi yoki boshqa yonishi mumkin bo‘lgan manbalarni ishlatish taqiqlanadi. Sintetik matodan tikilgan kiyimlarda ishlash mumkin emas, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida kislorod balloni portlashi sodir bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring