Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» avtomobillarga kafolatli xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytiradi

«GM Uzbekistan»  avtomobillarga kafolatli xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytiradi

Foto:«Autostrada.uz»

«GM Uzbekistan» tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning texnik holatini a’lo darajada saqlab turish maqsadida 2019-yilning 1-fevralidan e’tiboran kompaniya yangi avtomobillarga kafolatli xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytiradi. Endi ushbu muddat 3 yil yoki 100 000 kilometr masofani o‘z ichiga oladi. Avval — 1 yil yoki 20 000 kilometr masofani tashkil qilgan. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etish lozimki, uzaytirilgan kafolat muddati kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 2019-yilning 1-fevralidan boshlab xarid qilinadigan avtomobillarga tadbiq etiladi. Kafolat muddati avtomobilning egasi bilan bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni ushbu davr mobaynida avtomobil egasi o‘zgarsa, uning yangi egasi ham ushbu kafolat huquqidan foydalana oladi.

Avtomobildan noto‘g‘ri foydalanish, avariya, avtomobilning konstruksiyasi va modifikatsiyasiga o‘zgartirish kiritish yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilmaydigan qo‘shimcha ishlov berilishi yoki jihozlanishi tufayli nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda kafolat davri cheklanadi.

Kafolat muddati davomida avtomobilning ishlab chiqaruvchi tomonidan aniqlangan nuqsoni bor qismlarini ta’mirlab berish yoki almashtirish rasmiy xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bepul amalga oshiriladi. Buning uchun esa avtomobil egasidan avtomobilning ekspluatatsiyasi bo‘yicha barcha shartlar yo‘riqnomaga asosan bajarilgan bo‘lishi talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring