Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘alla to‘liq o‘rilmaguncha kombaynlar fermer dalasidan chiqib ketmaydi

G‘alla to‘liq o‘rilmaguncha kombaynlar fermer dalasidan chiqib ketmaydi

Foto: «Google.com»

Hukumat qarori (357-son, 26.04.2019 y.) bilan Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda adliya vazirligi kanalida xabar berib o‘tildi.

Nizomga muvofiq, tuman hokimi qarori bilan g‘alla yig‘imini tashkil etish hamda boshoqli don yalpi hosili va hosildorligini aniqlash maqsadida o‘rim-yig‘im otryadlari tuziladi.

Otryadga biriktirilgan g‘alla o‘rish kombayni yordamida o‘rilgan don alohida don tashish texnikasiga to‘kib to‘ldiriladi va don qabul qilish shahobchasiga yuboriladi, topshirilgan don miqdori don tashish texnikasini to‘ldirish uchun to‘kilgan bunker soniga bo‘linadi va o‘rtacha bir bunker don og‘irligi aniqlanadi. Yalpi hosil miqdori har bir qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan g‘alla ekilgan maydon to‘liq o‘rib olingandan so‘ng aniqlanadi.

G‘alla to‘liq o‘rib olinmaguncha kombaynlarning fermer dalasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘rim-yig‘im boshlanishidan oldin 41 sentner va undan yuqori hosil to‘plash haqida xulosa berilgan korxonalarga dastlabki bosqichda topshirilgan don qiymatining 100 foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi.

Qolgan korxonalar uchun esa 85 foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi.

Hisob-kitob qilishda hosildorlik 41 sentner va undan yuqori bo‘lganda ustama, 40 sentnerdan kam bo‘lganida esa chegirma qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring