Farg‘onalik jurnalistlar Umra safariga yo‘l oldi
Farg‘onalik bir guruh jurnalistlar Saudiya Arabistoni podshohligiga yo‘l oldi. Bu haqda taniqli jurnalist, O‘zbeksiton Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov ma’lum qilmoqda.
Safar uyushma viloyat bo‘limi tashabbusi va tashkilotchiligida amalga oshirilayotgan bo‘lib, unga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rilgan. Safar mobaynida saudiyalik jurnalistlar bilan ijodiy uchrashuv va muloqotlar, o‘sha yerda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan diydorlashuv, shuningdek, O‘zbekistonning Jidda shahridagi konsulligida bo‘lish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Safar mobaynida o‘n bir nafar farg‘onalik jurnalistlarni muborak Umra amallarini ado etishdek saodat ham kutib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter