Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa Ittifoqi: tadqiqotlar atom energetikasi muhimligini ko‘rsatmoqda

Yevropa Ittifoqi: tadqiqotlar atom energetikasi muhimligini ko‘rsatmoqda

«Deloitte» kompaniyasi xalqaro energetika agentligi atom sanoatining Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani va 2050-yilga borib, bu boradagi vaziyat qanday bo‘lishini o‘rganish maqsadida  tomonidan  tadqiqot o‘tkazdi. Unga ko‘ra, Yevropa atom sanoati jami bo‘lib Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarda 1,1 mln ish o‘rni yaratgan va uning Ittifoq yalpi mahsulot ishlab chiqarishdagi hissasi 500 mlrd yevroni tashkil etmoqda. Bu haqda «O‘zatom» agentligi xabar berdi. 

«Deloitte» tahlil kompaniyasi tomonidan Yevropa atom forumi (Foratom) so‘rovi, asosida o‘tkazilgan tadqiqot natijasidan ma’lum bo‘lishicha, atom elektr stansiyasining har bir gigavatt quvvati atom sanoati va iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga yiliga 10 million yevro miqdorida sarmoya jalb etish bilan birga, qariyb 10 ming kishini ish bilan taminlaydi va Yevropa Ittifoqi yalpi ichki mahsulotiga 4,3 milliard yevro miqdorida hissa qo‘shadi.

Yadroviy sohaga sarflangan har bir yevro yakunda yalpi ichki mahsulotga 5 yevro miqdorida mablag‘ olib kelyapti va atom sanoati sohasida amalga oshirilgan har qanday ishchi o‘rin butun Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotida 3,2 ish o‘rni yaratmoqda.

Taqqoslash uchun, shamol energetikasi (160 GVt quvvatga teng bo‘lgani) 250 mingdan ziyod ish o‘rni yaratadi va yalpi ichki mahsulotda uning hissasi 36 milliard yevroni tashkil etadi, 100 GVt quvvatga ega quyosh energiyasi esa 80 mingdan ortiq ish o‘rni yaratadi.

Tadqiqot mualliflari sohadagi vaziyatni 2050-yilgacha bo‘lgan rivojlanishini prognoz qilish orqali shunday xulosaga kelishdiki, Yevropa Ittifoqida yadro energetikasi ishlab chiqarish hozirgi kundagidek jami elektr ishlab chiqarishining to‘rtdan bir qismi (150 GVt) darajasida davom etadi. Bu yiliga uch milliondan ortiq ish o‘rni, 576 milliard yevroga yaqin yalpi ichki mahsulot, yiliga 110 milliard yevro soliq tushumlari hamda yiliga qariyb 500 milliard yevro miqdoridagi ish haqi demakdir.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi 2050-yilgacha butunlay uglerodsiz energiya ishlab chiqarishni boshlaydi va bu natijaga erishish uchun atom energiyasi stansiyalarining mavjud quvvati prognoz qilinmoqda. Mualliflar shuningdek, qazib olinadigan yoqilg‘ilardan kelajakda foydlanish to‘xtatilishi ko‘zda tutilgani bois, ko‘mir sanoati ishchilarini atom energiyasi sohasida ishlashlari uchun qayta tayyorlov tizimini tashkil etishni tavsiya etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring