Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qay hollarda qabul qilinadi?

Yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qay hollarda qabul qilinadi?

«Huquqiy axborot» kanalining ma’lum qilishicha, er uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlar faqat quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:

  • mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni taqdim etish;
  • xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
  • foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
  • avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya ob’yektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti ob’yektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi ob’yektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat ob’yektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
  •  aholi punktlari bosh rejalarini bajarish, shuningdek, qonunlar va Prezident qarorlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda. 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring