Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng qimmat shaharlar reytingida Toshkent nechanchi o‘rinda?

Eng qimmat shaharlar reytingida Toshkent nechanchi o‘rinda?

Foto: «M.123ru.net»

Syurix, Bazel va Lozanna dunyodagi eng qimmat shaharlar deb topildi. Bu haqda yanvarda yashash qiymati indeksi bo‘yicha chop etilgan «Numbeo» ma’lumotlar bazasida ma’lum qilindi.

Reytingdagi to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni ham Shveysariya shaharlari egalladi — Jeneva va Byorn. Ulardan so‘ng Stavanger, Oslo, Tronxeym (Norvegiya), Reykyavik (Islandiya) va Bergen (Norvegiya) o‘ntalikka kiritildi.

Reytingga jami 440 ta shahar kiritilgan. Yashash qiymatini baholashda restoran va do‘konlardagi narx-navolar, transport va kommunal xizmatlarga ketadigan xarajatlar, shuningdek, aholining xarid qobiliyati hisobga olingan. Turar joy sotib olish va ijara alohida hisoblanadi.

AQSh poytaxti 17-o‘rinda, lekin mamlakatning eng qimmat shahri Nyu-York ekan: 11-o‘rin.

Rossiyaning eng qimmat shahri — Moskva 251-o‘rindan joy oldi. Sankt-Peterburg esa — 284-o‘rinda.

Shuningdek, reytingda Tokio (18-o‘rin), Seul (23-o‘rin), Parij (24-o‘rin), London (28-o‘rin), Dubay (152-o‘rin), Berlin (171-o‘rin), Bog‘dod (283-o‘rin), Istanbul (325-o‘rin), Anqara (362-o‘rin), Izmir (377-o‘rin) va boshqa shaharlar qayd etilgan. Reyting bilan to‘liq «Numbeo»da tanishishingiz mumkin.

Qo‘shnilarimizdan faqat Qozog‘istonning Nursulton (386), Olmaota (389) hamda Qirg‘istonning Bishkek (410) shaharlari kiritilgan.

Toshkent reytingga kiritilgan 440 ta shahar orasida 413-o‘rindan joy olgan. O‘zbekiston poytaxtidan keyin Hindistonning 24 ta va Pokistonning 3 ta shahri reytingga yakun yasab bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring