Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eksklyuziv! Yangicha ko‘rinishdagi Xalqlar do‘stligi maydoni (video)

Eksklyuziv! Yangicha ko‘rinishdagi Xalqlar do‘stligi maydoni (video)

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimligining ijtimoiy tarmoqlari orqali videolavha tarqalib, unda «Xalqlar do‘stligi» saroyi ajoyib video-proyeksiya bilan bezatilayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuning uchun darhol ushbu maydonga o‘z muxbirimizni yubordik va maxsus reportaj tayyorladik. Quyida mutlaqo yangicha ko‘rinishdagi Xalqlar do‘stligi maydoni bilan virtual tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Shayxontohur tumanidagi ko‘cha, «Bunyodkor» metro bekati hamda «Istiqlol» san’at saroyiga «Xalqlar do‘stligi» nomi qaytarilishi haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qilgan edi.

2018 yil 3 may kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi o‘ttiz oltinchi sessiyasida esa ushbu topshiriq o‘z ijrosini topib, «Xalqlar do‘stligi» nomi qaytarilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring