Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada «temir daftar» yuritiladi. Ro‘yxatga olishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi

Farg‘onada «temir daftar» yuritiladi. Ro‘yxatga olishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi

Foto: Xabar.uz

Xalqaro press-klubning Farg‘onada amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan sayyor sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir davomida Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov ma’lumot berib o‘tdi.

— Odamga munosib ish kerak, munosib oylik maosh kerak. Viloyatning salohiyati, sanoatni rivojlantirish, barcha qishloq xo‘jaligi, agrosanoatni rivojlantirishi, hunarmandchilik, kichik biznesni rivojlantirishda Farg‘onaning tajribasi katta bo‘ladi. Biz o‘zimiz tadbirkorlikni rivojlantirish kambag‘allikni qisqartirishdagi ahamiyatini guvohi bo‘lib turibmiz.

«Temir daftar» tushunchasi bu karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro‘yxatidir. Shu «temir daftar»ning ichiga ishga yoki yordamga muhtoj oilalarning barchasi kiritildi. Farg‘ona viloyatidan 43 mingdan ortiq oila mazkur ro‘yhatga kiritilgan.

Ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning ro‘yxatini shakllantirishda Xitoy tajribasini o‘rganilgan. Mazkur tajribadan kelib chiqib odamlarni ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimini yaratib berish, o‘qitish va uy-joyini ta’mirlash davlat dasturi shakllantirilgan, — dedi Adham Ikromov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring