Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Vazirlar Mahkamasining «Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi;
  • diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

  • yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, ushbu materiallarni olib kirish va tarqatishga qo‘yiladigan talablar;
  • dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish uchun vakolatli organga murojaat qilish tartibi;
  • dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish shartlari, muddatlari va dinshunoslik ekspertizasi xulosasini rasmiylashtirish tartibi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan yildan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring