Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat xizmatlari markazlari orqali qaysi OTMlarga hujjat topshirilishi ma’lum bo‘ldi

Davlat xizmatlari markazlari orqali qaysi  OTMlarga hujjat topshirilishi ma’lum bo‘ldi

Foto:«Uza.uz»

Qaysi OTMlarga DXMlar orqali xujjat topshirish mumkin? Davlat xizmatlari agentligi mazkur masala bo‘yicha yangilikni e’lon qildi. 

Muhim yangiliklardan biri — qator oliy ta’lim muassasalarga abituriyentning joylashishi va yashash joyidan qat’iy nazar, onlayn tarza my.gov.uz portali orqali yoki Davlat xizmatlari markazlari yordamida hujjat topshirish imkoniyati yaratilgani hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizning har bir tumanida 201 ta shunday markazlar mavjud, olis hududlar aholisi uchun esa DXMlarning 50 dan ortiq shohobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Quyidagi ro‘yxatdagi OTMlarga hujjatni soddalashtirilgan tartibda topishirish mumkin:
1. Toshkent davlat yuridik universiteti;
2. Qoraqalpoq davlat universiteti;
3. Guliston davlat universiteti;
4. Farg‘ona davlat universiteti;
5. Samarqand davlat universiteti.

Aytgancha, o‘tgan yili hujjatlarni tajriba tariqasida qabul qilish tartibi Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan sinovdan o‘tkazildi. Natijada — mamlakatimizning 7 mingdan ziyod oilalari 1,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tejab qolishdi.

Mutaxassislarning o‘rtacha hisobiga ko‘ra, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan OTMlarga hujjatlarni topshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi natijasida aynan shuncha mablag‘lar oilalar budjetida saqlab qolingan.

Bir qator hujjatlar uchun qo‘shimcha harajatlar kamaytirildi — 086-sonli tibbiy ma’lumotnoma, yashash joyidan ma’lumotnoma, fotosuratlar, shuningdek, poytaxtga kelib-ketishga va bu yerda yashash bilan bog‘liq harajatlar qisqartirildi.

Shunday qilib, O‘zbekiston aholisi mablag‘lari oilaviy budjetda qolib, qo‘shimcha hujjatlar olish va universitetga kelib-ketish uchun sarflangan qimmatli vaqti tejaldi.

Bugun DXMlar orqali hujjat topshirish uchun faqatgina 2 ta hujjat so‘raladi:
- fuqarolik pasporti (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);
- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).


Imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring