Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat budjeti loyihasiga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

Davlat budjeti loyihasiga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

Foto: xabar.uz

Hukumat tomonidan taqdim etilgan 2020-yil uchun Davlat budjeti loyihasiga deputatlar tomonidan ko‘plab o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

Asosiy o‘zgarishlar quyidagilardan iborat:

  • Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalarini ham “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun bilan tasdiqlash va parlament nazoratini o‘rnatish, shuningdek qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan Prezident qarorini qabul qilish; muallif: deputat Abdurashid Abduqodirov.
  • Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida budjetdan qo‘shimcha ravishda 500 ta doktorantura va shogird-tadqiqotchilikka qabul kvotalari ajratish; muallif: deputat Abdurashid Abduqodirov.
  • Davlat oliy ta’lim muassasalari moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida yagona ijtimoiy to‘lov stavkasini 25 foizdan 12 foizga tushirish va qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan Prezident qarorini qabul qilish; Muallif: deputat Abdurashid Abduqodirov.
  • Umumta’lim maktablarini jihozlash uchun qo‘shimcha 50,0 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratish; muallif: deputat Abdurashid Abduqodirov.
  • 2020 yilda prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha mablag‘larni birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga yo‘naltirish; muallif: deputat Abdurashid Abduqodirov.
  • Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i tushumlarining 50 foizini mahalliy budjetlarga o‘tkazish va bunda budjet daromadlari bazasi katta bo‘lganligi sababli foyda solig‘ining 5 foizini Toshkent shahrida, 10 foizi Toshkent viloyatida qoldirish; muallif: deputat Komiljon Ernazarov.
  • Aholini ijtimoiy muxofaza qilish maqsadida mahalliy budjet daromadlarining prognozi 5 foizdan ortiq bajarilmasa, harajatlarni qoplash uchun Vazirlar Mahkamasiga budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish masalasida, tumanlar esa viloyatga shu tartibda murojaat kiritib hal etish mumkinligi belgilandi; muallif: deputat Feruza Eshmatova.
  • Davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi harajatlarini 3 foizgacha oshirish Vazirlar Mahkamasi tomonidan, 3 foizdan ortiq miqdorlarini parlament ruxsati bilan amalga oshirish tartibi kiritildi; muallif: deputat Maqsud Qurbonboyev.
  • Oliy Majlis huzuridagi vakil-Ombudsmanga ko‘zda tutilgan mablag‘larni Qonunchilik palatasidan ajratgan holda alohida tasdiqlash kiritildi; Muallif: deputat Komiljon Ernazarov.
  • Mahalliy budjetlarning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini Moliya vazirligi orqali tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish orqali qo‘shimcha daromad olishga imkoniyat yaratish kiritildi; muallif: deputat Ulug‘bek Samatov.
  • Shu kunga qadar respublikada jami umumta’lim maktablarining 31 foizi optik tolali aloqasi bilan ta’minlangan bo‘lib, 2020-yilda buni 100 foizga yetkazish va maktablarni to‘liq sifatli internet xizmati bilan ta’minlash; muallif: deputat Rasul Kusherbayev.

Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida Davlat budjeti loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring