Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chorvoq» GES xavfsizligini yaxshilash uchun fransuzlar bilan hamkorlik qilinadi

«Chorvoq» GES xavfsizligini yaxshilash uchun fransuzlar bilan hamkorlik qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati Fransiya taraqqiyot agentligi (FAR) bilan hamkorlik qiladi.

«Chorvoq» gidroelektrostansiyasini xavfsizligini yaxshilash hamda mazkur gidroelektrostansiyada integeratsiyalashgan boshqaruvni joriy etishdagi strategik loyihani amalga oshirish borasida Fransiya Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 16-aprel kunidagi 271-f-sonli Farmoyishiga asosan, Fransiya Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Chorvoq» GESida bo‘lishdi. Ikki tomonlama tashkil etilgan uchrashuvda «O‘zbekgidroenergo» AJning ma’sul vakillari hamda Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Baptiste Lemoine boshchiligidagi delegatsiya hamda Fransiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Violen Biyet de Vilmor xonim ishtirok etdi.

Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Baptiste Lemoinening so‘zlariga ko‘ra, bu hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, Fransiya taraqqiyot agentligi «Chorvoq» gidroelektrostansiya xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar uchun umumiy 13 million yevroga loyihalashtirish nazarda tutilayotganligini ma’lum qildi.

Jamiyatning ma’sul vakillari tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda gidroenergetika sohasiga qaratilayotgan e’tibor hamda sohadagi yangiliklar, jamiyat tomonidan GESlarda amalga oshirilayotgan qurilish va modernizatsiya jarayonlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu loyiha hamkorlik almashishda nou-xau tajribasi bo‘lib, bu loyiha gidroenergetika sohasida yangi istiqbolli loyihalardan biri hisoblandi.

Shu bilan birga Fransiya Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining sayyohlik salohiyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring