Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chegarada og‘ir sharoitda yashayotgan qishloq odamlarining hayotiy ehtiyojlari

Chegarada og‘ir sharoitda yashayotgan qishloq odamlarining hayotiy ehtiyojlari

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasi viloyatimizning qo‘shni Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududida joylashgan. Bu yerda 70 dan ortiq xonadonda 400 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Kecha Surxondaryo viloyati hokimi ushbu qishloqda bo‘lib, odamlar bilan suhbatlashdi. Samimiy va mehnatkash qishloq odamlari ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa masalalardagi ehtiyojlari xususida viloyat hokimiga so‘zlab berdilar.

Viloyat hokimi ushbu mahallada joylashgan 180 o‘rinli 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bo‘lib, ta’mirtalab ushbu muassasadagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Hozirda tegishli viloyat tashkilotlari mutasaddilari og‘ir sharoitda yashayotgan qishloq odamlarining murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish uchun bu yerga jalb qilingan. Chegarachi mahallasi aholisiga munosib turmush sharoitini yaratib berish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring