Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun 25 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish jarayoni o‘tkazilmoqda

Bugun 25 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish jarayoni o‘tkazilmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta Saylov okruglaridagi 1730 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi. Ushbu okruglardagi saylovchilar soni 3 million 148 ming 921 nafarni tashkil etadi.

Bu haqda milliy matbuot markazida o‘tkazilayotgan saylovlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov xabar berib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi tomonidan ma’lum qilinishicha, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi 150 deputatlik o‘rni uchun beshta siyosiy partiyaning 744 nafar nomzodi kurash olib bordi.

Shuningdek, bugun yana Xalq deputatlari viloyat kengashlariga saylov o‘tkazuvchi 95 ta Saylov okrugidagi 1104 ta saylov uchastkasida hamda Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi 587 ta Saylov okrugidagi 1117 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring