Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir oyda bir necha yuzlab brakonerlar qo‘lga tushdi, ular yetkazgan zarar 1.5 mlrd. so‘mdan oshadi

Bir oyda bir necha yuzlab brakonerlar qo‘lga tushdi, ular yetkazgan zarar 1.5 mlrd. so‘mdan oshadi

BMTning Atrof muhit bo‘yicha dastur (YuNEP) ekspertlari tomonidan to‘plangan ilmiy dalillarga muvofiq ekotizimlar yaxlitligi inson salomatligi va rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof muhitdagi antropogen o‘zgarishlar yovvoyi hayvonlar populyasiyasi tuzilmasini o‘zgartiradi va biologik xilma-xillikni qisqartiradi. Bu esa atrof muhit holatining o‘zgarishiga va o‘z navbatida, turli kasallik tashuvchilar, patogenlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Ayniqsa, pandemiya sharoitida mamlakatimizda Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan biologik xilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha zarur chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlat  Ekologiya qo‘mitasi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, brokonerlikka qarshi kurash oyi tadbirida 2020-yil may oyi davomida davlat inspektorlari tomonidan jami 600 ta huquqbuzarlik holatlari (o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va noqonuniy baliq ovi) aniqlangan bo‘lib, 456  nafar huquqbuzarlarga nisbatan jami 2 mlrd. so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zarar summalari belgilangan.

Shundan,  ma’muriy jarimalar  447mln.so‘m,  tabiatga yetkazilgan zarar 1 mlrd. 553 mln. so‘mni tashkil etadi.

92 ta holat bo‘yicha 702,7 mln. so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritildi.

Huquqbuzarlardan  83ta ov quroli va aslahalar, 411 ta to‘r ,18 ta elektr qarmoq,  22 ta elektr arra va boltalar, 733,8 kg. baliq,  92,5m³ daraxt va butalar o‘tini olib qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring