Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda brakoner ekologiya inspektorini o‘qqa tutdi

Buxoroda brakoner ekologiya inspektorini o‘qqa tutdi

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi.

Aniqlanishicha, inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. Shunda so‘ng u holatga chek qo‘yish maqsadida voqea joyiga yetib borgan. Brakoner esa uni qo‘lidagi qurol bilan o‘qqa tutgan. Natijada ekologiya inspektori qo‘lidan yaralangan. Brakoner voqea joyidan yashiringan.

Inspektorga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni damda uning ahvoli yaxshi. Brakonerlarni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring