Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ol-a! Samarqandlik bog‘bon ekkan daraxtda 3 xil meva 3 xil muddatda pishadi

Ol-a! Samarqandlik bog‘bon ekkan daraxtda 3 xil meva 3 xil muddatda pishadi

Foto: «Mygarden.uz»

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Chig‘atoy fayzli bog‘lari» fermer xo‘jaligi rahbari dunyo ekoturizm faoliyatini kuzatib, sayyohlarning fermerlar uyi yoki dala shiyponida qolishiga guvoh bo‘lgach, sayyohlar uchun mehmonxona qurishni boshlab yubordi.

Uning yonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish va qayta ishlash sexi ham barpo etilmoqda. Ana shunda sayyohlar gulzor, bog‘ va issiqxonani tomosha qilib, sexda tayyorlangan ekologik toza sharbatlardan iste’mol qilishi uchun sharoit yaratiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Fermerning bog‘i bir necha qismdan iborat bo‘lib, Amerika va Kanadada o‘sadigan yong‘oq navlari, Gruziya noklari, Gretsiyaning olxo‘ri, shaftolisi, Hindistonning danaksiz anorigacha payvandlash usulida ko‘paytirilmoqda.

Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha, odatda nok ko‘chatini ko‘kartirish qiyinroq, uning meva berishiga ham 10-12 yil kerak bo‘lar ekan. «Chig‘atoy fayzli bog‘lari» bog‘bonlari bu muddatni 80 foizga qisqartirishga erishdi. Tezpishar va serhosil navini ko‘paytirish maqsadida olmurutga payvand qilingan nok ko‘chatlari uch yilda hosilga kiradi. Bu nav iyun oyining o‘rtalaridan oktyabrning so‘ngiga qadar hosil beradi. Xo‘jalik bog‘ida payvandlash orqali ko‘paytirilgan, yil davomida hosili navbat bilan pishadigan yana bir mevali daraxt bor. Bu shaftoli bo‘lib, uning bir tupida uch xil meva, uch muddatda pishadi. Bunday shaftolidan ko‘plab ko‘chat yetishtirishga ham erishildi.

Shuningdek, fermer Xitoyda o‘sadigan «Goja» dorivor o‘simligini ko‘paytirdi. Yurak, qon-tomir, bel, oyoq, oshqozon, buyrak kasalliklari uchun dorilar tayyorlanadigan bu o‘simlik mevasining bir kilogrammi Yevropa davlatlarida 100 dollarga baholanadi. Bir necha yillar oldin Dubaydan keltirilgan kivi hozir 15-20 kilogramm meva bermoqda. Shuningdek, kivi ko‘chatlari ham tayyorlangan bo‘lib, buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring