Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus Moliyaviy tergov departamenti delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Belarus Moliyaviy tergov departamenti delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Shu kunlarda Belorus Davlat nazorati qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – Moliyaviy tergov departamenti direktori I.Marshalov boshchiligidagi delegatsiya yurtmizda mehmon bo‘lib turibdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining  «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha,  bugun mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda tomonlar idoralararo hamkorlikning huquqiy asosini yaratish va hamkorlikni kengaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Jumladan, iqtisodiy jinoyatlarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bilan bog‘liq vazifalarni samarali hal etish maqsadida faoliyatning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlarni tashkil etish, mavzuga doir tadqiqotlar o‘tkazish, tavsiya va takliflar ishlab chiqish muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Belarus Respublikasi Davlat nazorati qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Qayd etildiki, mazkur hujjat iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash yuzasidan samarali hamkorlikni amalga oshirish sohasida hamkorlikning huquqiy asosini ta’minlaydi, axborot almashishni kuchaytiradi, shuningdek,  ikki idora faoliyatiga ijobiy turkti beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring