Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram yarmarkalari: go‘sht 30 ming, baliq 8 ming, tuxum 400 so‘mdan

Bayram yarmarkalari: go‘sht 30 ming, baliq 8 ming, tuxum 400 so‘mdan

Foto: «Uza.uz»

Andijon shahrining sergavjum hududlarida an’anaviy qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkalari ish boshladi. Bu haqda «Xabar.uz» Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu yarmarkalar shaharning 16 ta hududi hamda barcha shahar-tumanlarning markazlarida 2018-yilning 10-dekabridan 2019-yilning 3-yanvarigacha o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, unda 30 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilishi belgilangan. Misol uchun bir kilogramm mol go‘shti — 30 000 so‘m, tovuq go‘shti — 16 000, sazan balig‘i — 13 000, oq baliq — 8000 so‘m, guruch (avangard) — 6000 so‘m, tuxum (donasi) — 400 so‘m etib belgilangan.

Mahsulotlarning uzluksizligini ta’minlash uchun ta’minotchi korxonalar, agrofirma va fermer xo‘jaliklari biriktirilgan.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi tashkil etilgan yarmarkalarning ochilishida ishtirok etib, yarmarkalardagi mahsulotlarning sifati bilan tanishdi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida to‘lovni plastik kartochkalari orqali ham amalga oshirish ta’minlangan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring