Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aprel oyi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

Aprel oyi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet kelayotgan aprel oyida kutilayotgan ehtimoliy ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

Bu yil aprel oyi quruq va o‘rtacha iliq ob-havo bilan boshlanadi. Birinchi besh kunlikda havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi, kechalari harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ushbu davrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli ko‘proq. Tekislik hududlarda asosan yog‘ingarchiliksiz ob- havo bo‘ladi, faqat Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 2-3 aprel kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Aprel oyi birinchi o‘n kunligining ikkinchi yarmida harorat asosan kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan 25-30 darajagacha o‘zgarib turadi.

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘ladi.

Aprel oyi – ushbu oy O‘zbekistonda bahorning ayni qizg‘in davridir – bunda bog‘larda daraxtlar gullashi, sabzavot va mevali ekinlar hosillari shakllanishi boshlanadi.

Aprel oyida havo haroratining keskin ko‘tarilishi davom etadi. Hududning katta qismida aprel oyining o‘rtacha harorati mart oyiga nisbatan 5-7o ga yuqori bo‘ladi. Respublikaning shimoli va cho‘l hududlarida havo tezroq isiydi, bunda o‘rtacha harorat mart oyidagi ko‘rsatkichlardan 8-10o ga yuqori bo‘ladi.

Aprel – yilning eng nam oylaridan biridir.

Yomg‘ir, odatda momaqaldiroq va kuchli shamollar bilan tez-tez kuzatiladi. Shimolda, eng chekka janubda va respublikaning cho‘l hududlarida o‘rtacha bir oyda 5 kundan 8 kungacha yog‘ingarchilik bo‘ladi, tog‘larga yaqin hududlarda esa yog‘ingarchilik kuzatiladigan kunlar soni 9-13 kunga ko‘payadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring