Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aprelda chiqadigan 15 ga yaqin smartfon bilan tanishamiz (foto)

Aprelda chiqadigan 15 ga yaqin smartfon bilan tanishamiz (foto)

Foto: «Gizmochina»

Bugun aprelning to‘rtinchi kuni, internetda esa shu oyda taqdim etiladigan ko‘plab smartfonlar haqida ma’lumotlar tarqab ulgurdi. «Gizmochina» yozishicha, nafaqat hammayoqda hoziru nozir Xiaomi va Realme, balki Vivo, IQOO, hatto kamnamo OnePlus va Samsung smartfonlari taqdimotlariga guvoh bo‘lamiz.

Samsung o‘z muxlislarini bir yo‘la ikki qurilmasi — Galaxy M33 5G va Galaxy M53 5G bilan mamnun etmoqchi. Bular bir turkumning ikki narx toifasidagi smartfonlari.

Realme ham ikkita smartfonini taqdim etadi — Realme GT2 Pro hamda Realme Narzo 50A Prime.

Vivo naq uchta smartfoni — Vivo T1 Pro, Vivo X Note hamda ilk buklama telefoni Vivo X Fold ni chiqarishi kutilyapti.

Xiaomi esa doimgidek barakali — birvarakayiga Xiaomi 12X 12 Pro va Poco F4, Redmi 10 Prime+ 5G larni sotuvga chiqaradi.

2022-yilning aprel oyida, shuningdek, Oppo F21 Pro turkumi anonsi o‘tkaziladi, OnePlus arzon smartfonlari (OnePlus Nord 2T va OnePlus Nord CE 2 Lite), iQOO Neo6, Moto Edge 30 hamda Infinix Hot 12, Hot 12i, Hot 12 Play taqdimotlari rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring