Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon, Navoiy va Toshkentda Milliy gvardiya xizmatchilariga yangi uylar topshirildi

Andijon, Navoiy va Toshkentda Milliy gvardiya xizmatchilariga yangi uylar topshirildi

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Respublikamizning Andijon, Navoiy va Toshkent shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining birqator harbiy xizmatchilariga zamonaviy, shinam va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi barpo etilgan ko‘p qavatli uylardan xonadonlar tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi. 

Turli hududlarda ko‘p qavatli uylar bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilib, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash borasida uzoq muddatli imtiyozli Ipoteka kreditlari berilishini ko‘zda tutadigan yangicha yondashuvlar joriy etilmoqda.

Hozirgi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand viloyatlarida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilarga shahar markazlaridan uylar foydalanishga topshirildi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Endilikda ushbu ro‘yxatga Navoiy, Andijon va Toshkent ham qo‘shildi. Navoiy shahrida 30 ta, Andijon shahrida 30 ta va poytaxtimiz Toshkent shahrida 56 ta xonadon kalitlari o‘z egalariga topshirildi.

Tantanali marosimlarda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, ularning oila a’zolari va yaqinlari, Respublika Oliy Majlis vakillari, Milliy gvardiya qo‘mondonligi, hokimiyat, mahalla hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring