Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Qodirov rus deputatiga javob qaytardi

Alisher Qodirov rus deputatiga javob qaytardi

Rossiyada o‘zbeklar va o‘zbek tiliga munosabat Delyagincha bo‘lsa, O‘zbekistonda rus tiliga munosabat mutanosib bo‘lishi kerak, deydi Alisher Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Qahramon Quranboyev Davlat Dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uchrashuvda Rossiya hukumatidan o‘zbek diasporasi hisobidan mamlakatda mehnat muhojirlarining farzandlari uchun xususiy bog‘cha va maktablar ochishda yordam so‘ragandi.

«Sizdan Rossiya qonunchiligiga mos keladigan o‘quv dasturlari bo‘yicha (o‘zbek) vatandoshlar hisobidan maktabgacha ta’lim muassasalari va xususiy maktablar ochish masalasini ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz», – degan Quranboyev.

Bunga javoban Rossiya federetsiyasi davlat dumasi deputati M. Delyagin keskin munosabat bildirdi va «ular Rossiyaga kirib kelgan migrantlarni qaytarib olib ketishlari lozim» dedi.

«Faqat migrant bolalar uchun maktablar ochish RF fuqarolariga nisbatan kamsitish ekanligi aniq.

Bu Rossiyani yo‘q qilishga, avval begona, keyin esa dushman anklavlarni yaratishga qaratilgan, ataylab olib borilgan siyosatdir.

Menimcha, O‘zbekiston, albatta, bolalar bog‘chalari va maktablarni qurishi kerak, lekin faqat o‘z hududida.

Aslida, ular Rossiyaga kirib kelgan migrantlarni qaytarib olib ketishlari lozim», qayd etdi rus deputati.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov O‘zbekistonda ham rus tiliga munosabat mutanosib bo‘lishi kerak.

«Rossiya maktablarida o‘zbek tilini o‘rgatish rus millatini kamsitish hisoblanadiyu, O‘zbekiston maktablarida rus tilida ta’lim berilayotgani o‘zbeklarni kamsitish hisoblanmaydimi?», deya munosabat bildirgan Qodirov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring