Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki malakali mutaxassislar tanlovini e’lon qiladi

Xalq banki malakali mutaxassislar tanlovini e’lon qiladi

Foto: «Xabar.uz»

Yo‘nalish: bankning xalqaro munosabatlar bo‘yicha yuridik maslahatchisi

Asosiy vazifalar:

  • Bank faoliyatini xalqaro munosabatlar jarayonida huquqiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
  • Xorijiy moliya institutlari bilan tuzilgan bitimlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va ushbu bitimlarni xalqaro qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish;
  • Moliyaviy institutlar bilan tuziladigan shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishish, shuningdek, tashqi savdo shartnomalari va bankning boshqa qonuniy ahamiyatga ega hujjatlarini tayyorlash jarayonida ishtirok etish;
  • Bank tomonidan moliya institutlari bilan tuzilgan shartnomalar loyihalarini yuridik ekspertizadan o‘tkazish (xalqaro huquqning amaldagi normalariga muvofiqligini oldindan tekshirish), shuningdek, tashqi savdo shartnomalari, bitimlar va bankning boshqa qonuniy ahamiyatga ega hujjatlarini huquqiy tahlil qilish;
  • Ekspertiza davomida aniqlangan xalqaro qonunchilikka va/yoki bank manfaatlariga mos kelmaydigan shartnomalar (kontraktlar) loyihalarini bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar taqdim etish.

Asosiy talablar

  • Oliy yuridik ma’lumotga ega;
  • Mutaxassisligi bo‘yicha ish tajribasi – kamida 3-5 yil, shu jumladan "xalqaro-huquqiy munosabatlar"  bo‘yicha mutaxassis;
  • Ish va muloqotni samarali tashkil etish, suni tog‘ri rejalashtirish va ustuvorliklarni belgilash qobiliyati;
  • Fuqarolik, xalqaro va korporativ huquqiy bilimi;
  • Rus va ingliz tillari bilish darajasi – Advanced bo‘lishi;
  • Boshqa xorijiy tillarni bilishi  ham qabul qilinadi.

Ish haqi: kelishilgan tartibda (suhbat jarayonida)

Bog‘lanish uchun telefon: (78) 120-17-34 shuningdek, [email protected]

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring