Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholisi tirbandlikda eng ko‘p vaqt o‘tkazadigan shaharlar e’lon qilindi

Aholisi tirbandlikda eng ko‘p vaqt o‘tkazadigan shaharlar e’lon qilindi

Irlandiya poytaxti Dublin shahri 2023-yilda aholisi tirbandlikda eng ko‘p vaqt o‘tkazgan shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. TomTom yo‘l harakati ekspertlari tirbandliklar eng ko‘p bo‘lgan aholi punktlarini ochiqladi, deya xabar beradi «Praym» nashri.

Mutaxassislar 55 mamlakatning 387 shahridagi yo‘l harakati holatini tahlil qildi. Ular o‘tgan yili Irlandiya poytaxti aholisi tirbandlikda o‘rtacha 158 soat vaqt o‘tkazishganini aniqladilar. 

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Peru poytaxti Lima egalladi, uning aholisi 157 soat tirbandlikda vaqt o‘tkazadi.

Uchinchi o‘rinni Mexiko shahri egalladi, bu shaharda tirbandlikda o‘tgan vaqt 152 soatni tashkil qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring