Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

8-mart kuni Gulistonda uch egiz qiz tug‘ildi

8-mart kuni Gulistonda uch egiz qiz tug‘ildi

8-mart kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Maqsuda Karimova va uning oila a’zolari uchun qo‘shaloq shodiyona bo‘ldi. Bayram akuni bu xonadonda yashovchilar safiga bir yo‘la 3 egizak qo‘shildi.

Uch qizaloq — Fotimaxon 2,2 kg, Zuhraxon 2,5 kg, Zahroxon 2,2 kg vazn bilan dunyoga kelgan.

Ayni paytda onaning ham, chaqloqlarning ham salomatligi yaxshi. Tajribali mutaxassislar nazorati ostida parvarish jarayoni davom ettirilmoqda, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring