Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2021-yilda tug‘ilganlar qancha umr ko‘radi — UNICEF prognozi

2021-yilda tug‘ilganlar qancha umr ko‘radi — UNICEF prognozi

Foto: «Theopenasia»

BMTning Bolalar fondi — UNICEF 2021-yilda dunyoda qancha chaqaloq tug‘ilishi haqida prognozini berdi. Ekspertlarga ko‘ra, bu yil tug‘ilganlarga 22-asrni ko‘rish nasib etadi.

Demak, UNICEF ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yilda jahonda qariyb 140 million nafar chaqaloq dunyoga keladi. Ularning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 84 yilni tashkil etishi kutilyapti. Bu ularning ko‘pchiligiga 2100-yilni (22-asr) ko‘rish nasib etishini anglatadi.

«Bugun tug‘ilgan bolalar bir yil avvalgisidan butunlay yangicha olamga tushishadi. Bu bolalarga biz bugun ular uchun qurayotgan dunyo meros qoladi. Keling, 2021-yilni bolalarimiz uchun yanada adolatli, xavfsiz va sog‘lom dunyo qurishdan boshlaylik», — da’vat etdi UNICEF ijrochi direktori Genriyetta For.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring