Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2018-yil O‘zbekistondan qancha odam chetga ketgani ma’lum bo‘ldi

2018-yil O‘zbekistondan qancha odam chetga ketgani ma’lum bo‘ldi

Foto:«Russia Beyond»

Oxirgi ikki yilda chet elga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining soni sezilarli darajada ko‘paygan. Masalan, 2017-yilda bu ko‘rsatkich 6,8 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda esa 13,8 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Xuddi shunday chet eldan tashrif buyuruvchilar ham ikki barobarga ortgan.

Chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy qismi MDH davlatlaridan Qozog‘iston Respublikasiga 51,6 % (7139,8 ming kishi), Qirg‘iziston Respublikasiga 23,1 % (3196,8 ming kishi) va Rossiyaga 8,5 %(1178,7 ming kishi) tashrif buyurgan. Uzoq xorijiy davlatlardan esa Janubiy Koreyaga (79,7 ming kishi), Xitoy, AQSh, Germaniyaga tashrif buyurgan. 

MDH davlatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari 6015,9 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, bu jami tashrif buyurganlarning 93,5 % tashkil etadi, uzoq xorijiy davlatlardan esa 417,1 ming kishi (yoki 6,5 %) tashrif buyurgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring