Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Si Szinpin va Bayden uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Bugun Si Szinpin va Bayden uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida va sammit doirasida bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralarda ishtirok etish uchun San-Fransiskoga yetib bordi.

APEC 1989-yilda tashkil etilgan mintaqaviy iqtisodiy forum bo‘lib, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlarning o‘zaro aloqalarini kuchaytirishni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval AQSh prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan Si Szinpinning tashrifidan kutilayotgan ayrim masalalarga to‘xtalgan edi.

Unga ko‘ra, Jo Baydenning XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashuvi aniq natijalarga olib kelishi kutilyapti. Shuningdek, AQSh ma’muriyati San-Fransiskodagi APEC sammiti doirasidagi uchrashuvni ikki tomonlama munosabatlar asoslarini rivojlantirish imkoniyati sifatida baholaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring